Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
48 ming 200 AQSH dollarini noqonuniy ravishda olib o‘tayotgan fuqaro to‘xtatildi
14:22 / 2023-08-21

Mamlakatimizda amaldagi tartiblarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 100 million so‘m ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Ammo, belgilangan tartibdan ortiq mablag‘lar olib chiqilishi kuzatilmoqda.  

Xususan, O‘zbekiston Respublikasidan qo‘shni davlatga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda “yashil” yo‘lak orqali kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona tekshiruvidan o‘tkazilganida qo‘l sumkasi ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 48 ming 200 AQSH dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutani noqonuniy ravishda olib o‘tayotgani aniqlandi.  

Hozirda bojxona organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA