English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
475 ta sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari kapital ta’mirlanadi
15:49 / 2021-06-09

Xabaringiz bor, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya dunyo hamjamiyatini, shu jumladan, mamlakatimiz tibbiyot tizimini jiddiy sinovlardan o‘tkazdi va o‘tkazishda davom etmoqda.

Epidemik vaziyatning bu qadar uzoq vaqt mobaynida murakkab bo‘lib turishi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik tarmog‘i faoliyatini yanada takomillashtirish,  unga tegishli muassasalar moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash zarurati borligini ko‘rsatdi.  

Shu bois, o‘tgan davr mobaynida sohada tub islohotlar, o‘zgarish va  yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda qabul qilingan “Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni ko‘rish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezidentimiz qarori ijrosi sohani yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.  

— Hujjatga binoan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, modernizatsiyalash va jozibadorligini oshirish maqsadida Osiyo taraqqiyot va Osiyo infrastruktura investitsiyalar banklari tomonidan jami 200,0 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ ajratildi, — deydi ushbu Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Baxodir YUSUPALIEV.  — Ajratilgan mablag‘ xizmat huzuridagi barcha muassasalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash va Respublika miqyosida Referens-laboratoriyalarni yaratish ishlariga sarflanadi.  

Xususan,  tizimdagi jami 475 ta muassasalarning moddiy-texnik bazasini yangilash, ularni kerakli bo‘lgan tibbiy va notibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi