47 yil bir maktab, bir darsxonada
Surxondaryolik Ra’no Pirmatova 47 yillik ish tajribasiga ega pedagoglardan. U o‘qituvchilik kasbini egallaganidan buyon Sherobod tumanidagi 1-umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars berib keladi. Bir maktab, bir jamoa, bir darsxona – butun umrini shu maskanga bag‘ishlagan.
Qahramonimiz ustozlik faoliyatida yuzlab shogirdlar tarbiyaladi. Ularning ko‘pchiligi turli tanlovlarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Ko‘plari esa ustozidan olgan saboqlari bilan hayot yo‘lini topdi.
[gallery-25549]
Fidoyi mehnat doimo qadrlanadi. 2023 yilda Ra’no opa “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Quvonarlisi, joriy yilda Prezidentimizning tegishli Farmoniga ko‘ra Ra’no Pirmatova 2-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Bu mukofotni ustoz shaxsan davlatimiz rahbarining qo‘lidan oldi. Bu nafaqat qahramonimizning, balki u mehnat qiladigan maktab jamoasining ham ulkan yutug‘idir.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/yjsyCsO7bws?si=hMK7lNVws5laUsmH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA