Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
462 milliondan ortiq pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
12:21 / 2023-05-15

Payariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Shohimardon Asqarov” oilaviy korxonasining 2023 yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatmagani to‘g‘risida murojaatlar kelib tushgan.

Payariq tumanidagi MFYlari “Shohimardon Asqarov” OK bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilg‘i quyish bo‘yicha muammolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan.  

O‘rganish natijalariga ko‘ra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib ketish bo‘yicha to‘liq xizmatlar ko‘rsatilmagan davrlar uchun jami 462 472 969 so‘m to‘lovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi va korxona tomonidan billing elektron bazasidan noreal qarzdorlik sifatida o‘chirildi.

 

M.Qosimova, O‘zA