Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
46 ta nazorat qiluvchi organ faoliyati yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazildi
17:20 / 2026-02-25

Mamlakatimizda qulay biznes muhitini yaratish, nazorat qiluvchi organlar mas’uliyatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Biznes-ombudsman devoni tomonidan 46 ta nazorat qiluvchi organ faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlari tadbirkorlik muhitidagi bir qator muammolarni aniqladi.  

Jumladan, so‘rovnomada qatnashgan tadbirkorlarning fikriga ko‘ra, 74,6 foiz holatda tadbirkorlarga tekshiruvdan oldin o‘z huquqlari, xususan, advokat yoki jamoatchilik vakilini jalb qilish huquqi tushuntirilmagan.

70,1 foiz holatda tadbirkorlar tekshirishga asos bo‘lgan rasmiy hujjatlar bilan tanishtirilmaganliklarini bildirgan.

83,9 foiz tekshiruvlarda "Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobi" to‘ldirilmasdan qolgan.

Shuningdek, 32,8 foiz holatda tadbirkorlar tekshiruv davomida "yordam berish" evaziga nazoratchilar tomonidan turli xizmatlar yoki shaxsiy iltimoslar qilinganini ta’kidlagan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA