Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
46 nafar sirdaryoliklarga Davlat mukofotlari topshirildi
14:01 / 2020-12-30

Shu munosabati bilan kuni-kecha Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da mukofotlar o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi bayrami munosabati bilan Prezidentimiiz farmoniga ko‘ra xalqimiz boshiga tushgan koronavirus pandemiyasi va “Sardoba” suv toshqinidan ko‘rilgan zarar oqibatlarini bartaraf etishda o‘z burchiga sodiq qolib, mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari, el-yurt farovonligini oshirishga qo‘shgan munosib hissalari, shahar va qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish yo‘lidagi ulkan mehnatlari, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroklari inobatga olinib bir guruh Sirdaryo viloyati fidoiy insonlari Davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Shu munosabati bilan kuni-kecha Guliston shahridagi “Yoshlar  markazi”da mukofotlar o‘z egalariga tantanali topshirish marosimi bo‘lib  o‘tdi.  

Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Vatan va yurt taraqqiyotiga munosib hissa  qo‘shib kelayotgan fidoyilarni yana bir bor yuksak mukofot bilan tabriklab, 40 dan ortiq sirdaryoliklarga orden va  medallarni tantanali ravishda topshirdi.  

Ular orasida Davlatimiz rahbarining farmoniga asosan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan Guliston tumanidagi 27-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Sobira Boboyeva, “Mehnat shuhrati” ordeniga sazavor bo‘lgan Mirzaobod tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-A sinf rahbari, matematika fani o‘qituvchisi Salomat Abduraxmanova, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeniga loyiq ko‘rilgan Sirdaryo viloyatidagi Bolalar uyi bosh shifokori Tursun Xolbayeva hamda Mirzaobod tumanidagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri Nafisa Mo‘minova, “Do‘stlik” ordeni bilan Sirdaryo tumani “Temur Med Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Umar G‘ofurov hamda Boyovut tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Shoira Raimqulova, shuningdek, yana 40 nafar fidoiy hamyurtlarimiz II darajali “Salomatlik”, “Mardlik” ordenlari, “Jasorat”,“Sodiq xizmatlari uchun”,“Sog‘lom turmush”, “Kelajak bunyodkori” va“Shuxrat” medallari bilan taqdirlandilar.

– Halol mehnat qilgan odam  aslo kam bo‘lmaydi, – deydi “Sodiq xizmatlari uchun” medali nishondori Sirdaryo tumani hokimi Botir Mirzoqulov. – Kamtarona xizmatlarim Davlat mukooftiga loyiq topilganidan cheksiz faxr hisini tuydim. Bu birgina menga emas, butun sirdaryoliklar mehnatiga berilgan munosib baho deb bilaman. Mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida bor bilimim, kuch-quvvatim bilan mehnat qilib, Prezidentimizning ushbu mukofotini oqlashga va’da beraman.

Shuningdek,tadbirda bir guruh ilg‘orlarga “Mehnat fidoyisi” ko‘krak  nishonlari ham topshirildi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA