Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
46 mingga yaqin yoshlar ishtirokida muhokamalar tashkil etildi
09:56 / 2022-08-06

Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari ko‘rib chiqildi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 2022 yil 1 avgustga qadar umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan edi. Bu jarayonda Xalq demokratik partiyasining barcha darajadagi tashkilotlari va deputatlik korpusi faol qatnashdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining respublika va hududiy ishchi guruhlari shakllantirildi. Ekspertlar uchun o‘quv tashkil etilib, metodik qo‘llanma, namunaviy prezentatsiya va zarur ma’lumotlar tayyorlandi.

Fuqarolarga partiyaning rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, telefon, pochta, shu jumladan, elektron pochtasi orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Yuqoridagi vositalar orqali 2500 dan ortiq taklif-mulohaza olindi.

Shuningdek, 2022 yilning 25 iyun – 1 avgust kunlari yurtimizning barcha hududlarida 2 ming 674 ta tadbir o‘tkazilib, fuqarolarning fikri-munosabatini o‘rganishga hamda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyatini tushuntirishga e’tibor qaratildi. Mazkur uchrashuvlarda 100 mingga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 46 mingga yaqinini yoshlar tashkil qildi.

Fraksiya a’zolari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik va demokratiya mezonlariga mos keladigan ijtimoiy demokratik davlat barpo etish haqidagi bosh dasturiy maqsadi Konstitutsiyamizni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘liq mos kelishini alohida ta’kidladi. Konstitutsiyaviy islohotlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquq va manfaatlari ta’minlanishini kafolatlaydi.

Yig‘ilishda umumxalq muhokamasi jarayonida kelib tushgan fikr va takliflar muhokama qilinib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA