46-Bosh Assambleya: Toshkent anjumani hamjihatlikka xizmat qiladi
Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashi 46-Bosh Assambleyasining bugungi kun tartibidan o‘rin olgan tadbirlari davom etmoqda.
Muhokamalar va belgilangan vazifalar borasidagi hisobotlar davomida Toshkent anjumanining muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tilmoqda.
Jumladan, 46-Bosh Assambleya ishida qatnashayotgan Osiyo Olimpiya kengashining hududiy vitse-prezidentlari Timoti Fok, Norza Zakaria, Jigel Vangchuk, Otabek Umarov, Tani Abdulrahmonlar qit’a o‘yinlari tizimiga kiritilgan sport turlarining rivoji, mintaqaviy kompleks musobaqalarning o‘tkazilish tartibi, sportchilarni sog‘lom raqobat tegrasidagi do‘stona munosabatlarini mustahkamlash, tizimli tarzda qo‘shma sport mashg‘ulotlarini tashkil etish, sportdagi global masalalarni hamjihatlikda hal etish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi.
T.Ro‘ziyev,
J.Toshxo‘jayev,
O‘zA