Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
44 ta ehtiyojmand oila kambag‘allikdan chiqarildi
15:39 / 2021-04-02

bugungi kunda har bir sektor rahbari o‘ziga biriktirilgan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning dardu tashvishlarini o‘rganib, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini sezilarli darajada o‘zgartirish kabi eng muhim vazifalarni amalga oshiradi.

Buxoro viloyati Vobkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari B.Sultonovning tashabbusi bilan "Beshrabot" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi "Temir daftar"ga ro‘yxatda turuvchi ehtiyojmand oila boshiga fuqaro X.Xalilovga hududda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar ko‘magida bir bosh ona bola sutli qoramol hamda 2 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari beg‘araz yordam sifatida yetkazib berildi. Shuningdek, fuqaroga yashash xonadoni atrofidan tuman irrigatsiya bo‘limiga qarashli bo‘lgan 7 sotix yer maydoni 1 yil davomida foydalanish uchun shartnoma asosida berildi.

"Temir daftar"da ro‘yxatda turuvchi ehtiyojmand kambag‘al fuqaro N.Xalilovaga "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 1 sotixli yengil konstruksiyali issiqxona qurib berilishi ta’minlandi.

"Kosari" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi "Temir daftar"da ro‘yxatda turuvchi ehtiyojmand fuqaro B.Temirovga homiylik yo‘li bilan 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Joriy yilning mart oyi davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida sektordagi 12 ta MFYlarda yashovchi "Temir daftar"da ro‘yxatda turuvchi 44 nafar ehtiyojmand oilalardagi mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligi ta’minlandi. Yashash sharoiti yaxshilanishiga erishildi hamda ushbu oilalarni "saxovat.argos.uz" dasturidan chiqarish bo‘yicha tuman xalq deputatlari Kengashiga takliflar kiritilib, sessiya kun tartibida muhokama qilindi. "Mo‘minobod" MFYda yashovchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan 7 nafar xotin-qizlar rasmiy o‘zini-o‘zi band qilib, to‘lov summalari to‘landi. Sektordagi "Qo‘qin" MFY hududidagi ichki yo‘llar mutaxassislar yordamida ta’mirlanib, yo‘llardagi chuqur joylarga asfalt yotqizildi.

"Do‘stlik" MFY, Tadbirkor ko‘chasida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Tungi yoritish chiroqlari almashtirildi hamda yangi zamonaviy chiroqlar o‘rnatildi.

Shtab a’zolari tomonidan sektordagi mahallalarda yashovchi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftar"larida ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga subsidiya asosida qurib berilgan issiqxonalarning bugungi holati o‘rganildi. Issiqxona egalariga issiqxonadan unumli foydalanishlari to‘g‘risida tegishli maslahatlar berib o‘tildi.

 

Zarif Komilov, O‘zA