44 nafar fuqaro Tuladagi baliq mahsulotlarini qayta ishlash korxonasida ishlaydi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Buning natijasida rossiyalik ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko‘plab fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasining baliq mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “YUJMORRЫBFLOT” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan imzolangan kelishuvga muvofiq, viloyatlarda o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etib, tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgan 44 nafar fuqaro bugun Tula viloyatida vaqtincha mehat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent-Moskva aviareysi orqali tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.
Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berildi.