44 kishi – terakt qurboni
Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida yuz bergan terror harakati qurbonlari soni 44 kishiga yetdi. Mahalliy matbuot xabar berishicha, portlash mamlakat koalitsion hukumati hamkorlaridan biri – Ulamolar Islom jamiyati qurultoyi bo‘lib o‘tgan binoda sodir etilgan.
Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. 200 dan ziyod inson jarohatlangani ham aytilgan. Islom ulamolari jamiyati qurultoyida 500 dan ko‘p delegatlar ishtirok etgan. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif voqeani tergov qilish va aybdorlarni topishni buyurdi.
Darvoqe, 2023 yilning 6 oyi mobaynida mamlakatda teraktlar soni tegishli davrga nisbatan 79 foiz oshgani ta’kidlanmoqda.
O‘zA