Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida navbatdagi g‘alaba qo‘lga kiritildi
20:28 / 2022-08-06

Hindistonning Chennay shahrida davom etayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 8-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Ushbu turda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Germaniya shaxmatchilariga qarshi dona surdi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Jahongir Vohidov raqiblari bilan durang o‘ynadi. Nodirbek  Yoqubboyev esa germaniyalik raqibiga qarshi bahsda g‘alaba qozondi va terma jamoamizga g‘alaba olib keldi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyani 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z ochkolarini 14 taga yetkazib oldi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Shimoliy Makedoniyani 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etdi. Umida Omonova va Afruza Hamdamova g‘alaba qozongan bo‘lsa, Maftuna Bobomurodova durang o‘ynadi.

O.ESHMAMATOV. O‘zA