Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
43 mingdan ziyod tadbirkorning 48 ming 396 ta loyihasi jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
17:08 / 2022-11-29

Ayni vaqtda mamlakatimizda 513 mingdan ortiq kichik biznes sub’ektlari faoliyat yuritmoqda va bu ko‘rsatkich 2016 yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p.

Ma’lumki, mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlariga kreditlar va lizing shartnomalari bo‘yicha foizlarning bir qismini to‘lash uchun kompensatsiya hamda kreditlar bo‘yicha kafolatlar berish, tadbirkorlik sub’ektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tashkil etilgan edi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida jamg‘armaga qator vazifalar belgilangan. Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat banklaridan bozor tamoyillari asosida olingan bank kreditlari uchun kafillik va kompensatsiya ko‘rinishidagi moliyaviy yordam ajratiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 10 oyida qabul qilingan buyurtmalar hisobiga 2017-2022 yillarda qabul qilingan majburiyati 10,5 foizga ortib, jami 16 ming 302 milliard so‘mni tashkil etdi. Natijada 43 ming 118 ta tadbirkorning 48 ming 396 ta loyihasi jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Joriy yil 1 noyabr holatiga 6,1 trillion so‘m miqdorida foiz to‘lovlari bir qismini kompensatsiya, 10,2 trillion so‘m miqdorida kafilliklar bo‘yicha majburiyatlari mavjud bo‘lib, jami majburiyatlar 16,3 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Bitta tadbirkorga to‘g‘ri keladigan kafillikning eng past ko‘rsatkichi Qashqadaryo viloyatida 391,3 milliard so‘mni, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida1 trillion 420,9 milliard so‘mni tashkil etdi.

Xuddi shuningdek, bitta tadbirkorga to‘g‘ri keladigan kompensatsiyaning eng past ko‘rsatkichi Qashqadaryo viloyatida 119,5 milliard so‘mni, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida 330,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, sohalar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga taqdim etilgan moliyaviy yordam yuqori o‘rinni egallamoqda.

Joriy yilning 10 oyi davomida jamg‘arma tomonidan 4 ming 248 nafar tadbirkorning 4 ming 596 ta loyihasiga 7 trillion 620 milliard so‘m ajratilgan. Kredit uchun 1 trillion 586 milliard so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatilgan.

Xususan, kompensatsiya yordami bo‘yicha 3 ming 33 nafar tadbirkorning 3 ming 291 ta loyihasiga 4 trillion 905 milliard so‘m kredit ajratilgan. Joriy yilning 1 noyabr holatiga jami olingan majburiyatlar 6 trillion 631 milliard so‘mga yoki 40,7 foizga kamayib, 9 trillion 671 milliard so‘mni tashkil etdi.

Jamg‘armaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalqaro moliya institutlari va boshqa donorlardan jalb etiladigan qarz mablag‘lari 267,9 milliard so‘m, kafilliklar berishdan tushadigan daromadlar – 9,6 milliard so‘m, davlat byudjetidan transfertlar – 250 milliard so‘m, boshqa daromadlar – 106,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

Bundan tashqari, kafilliklar taqdim etishdan tushadigan daromadlar miqdori reja ko‘rsatkichlari 21,8 milliard so‘mga kam bajarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 milliard so‘mga kam demakdir.

Jamg‘arma hisobidan 940,4 milliard so‘m xarajat amalga oshirilib, reja ko‘rsatkichlariga nisbatan 253,5 milliard so‘mga kam yoki 78,8 foizga bajarildi.

Jamg‘armani saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun 13,7 milliard so‘m (xarajatlarning 1,5 foizi) yo‘naltirildi. Jamg‘arma mablag‘lari qoldig‘i 409,7 milliard so‘mni, kafillik majburiyati leveraji 6,4 foizni tashkil etdi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA