French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
42,195 kilometr masofani bosib o‘tgan o‘qituvchi g‘oliblikka erishdi
10:31 / 2026-01-03

Poytaxtimizda tashkil etilgan “Salomatlik sari qadam tashla” shiori ostida o‘tkazilgan yugurish marafonida 150 nafardan ortiq sport ixlosmandlari ishtirok etdi.

“Prorun” tashkiloti tomonidan Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan mazkur salomatlik tadbiri nafaqat ishtirokchilar, balki tomoshabinlar uchun ham bir olam zavq bag‘ishladi.

Marafonda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi Doniyor Risqulov 42,195 kilometr masofani bosib o‘tib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar, marafonga zavq bag‘ishlagan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA