Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
421 ming 618 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi
16:48 / 2021-10-23

MSK Raisi ishtirokidagi o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etilganidek, saylov qonunchiligiga muvofiq joriy yilning 14-20 oktyabr kunlari saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish o‘tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish vaqti soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar deb belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida jami 421 ming 618 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan bo‘lib, mamlakatimiz bo‘yicha 301 ming 94 nafar saylovchi hamda xorijiy davlatlarda 120 ming 524 nafar saylovchi-Vatandoshlarimiz ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi boshlangan 2021 yilning 24 iyulidan buyon Markaziy saylov komissiyasiga 517 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 123 tasi yozma, 117 tasi og‘zaki, 277 tasi esa Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali kelib tushdi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 14 sentyabr kuni ish boshlagan tezkor ishonch telefoni - “Call-center”iga “1200” qisqa abonent raqami orqali jami 383 ta murojaat kelib tushdi.

N.Nasriyev,

O‘zA