Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
400 ga yaqin reklama pasportisiz avtomobillar uchun tegishli chora ko‘rildi
16:28 / 2025-11-13

Shu kunlarda poytaxtimizda reklama pasportisiz harakatlanayotgan transport vositalarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Reklama faoliyatini qonuniy tartibda yo‘lga qo‘yish va shahar qiyofasini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.  

So‘nggi reydlar davomida jami 470 ta reklama joylashtirilgan avtomobil tekshirildi. Ulardan 390 tasida reklama pasporti mavjud emasligi aniqlandi. “Reklama to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 104-son qarori talablariga zid holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilib, reklama joylashtirish faqat my.gov.uz portali orqali pasport olingan taqdirdagina qonuniy hisoblanishi eslatildi.

Ayrim haydovchilar reklama pasporti talabi haqida yetarli ma’lumotga ega emasliklarini bildirishgan. Shu sababli joylarda huquqiy tushuntirish berilib, jami 389 ta ogohlantirish hatlari topshirildi. Bittasi jarima maydoniga joylashtirildi. Natijada avtotransportlar bo‘yicha 1200 ta arizalar kelib tushishni boshladi.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, nazorat tadbirlari doimiy ravishda davom etadi. Bu faqat tartibni saqlash emas, balki reklama faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish orqali tadbirkorlarning o‘z manfaatini himoya qilishga ham xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA