Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
40 yoshdan oshgan aholini skriningdan o‘tkazish ishlari ayrim hududlarda sust amalga oshirilayotgani aytildi
17:57 / 2022-10-26

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida xavf guruhiga kiruvchi 40 yoshdan oshgan aholini skriningdan o‘tkazish ishlari ayrim hududlarda sust amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Ayniqsa, Xonobod shahri (16 foiz), Marhamat (24 foiz), Qo‘rg‘ontepa, Asaka (37 foiz), So‘x (36 foiz), Qo‘shtepa (41 foiz), Uchko‘prik (42 foiz) va Qibrayda (32 foiz) skrining ishlari ahvoli qoniqarsiz.

Birlamchi bo‘g‘inda yechimini kutayotgan eng dolzarb muammolardan yana biri, bu – onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi.

Jumladan, yurtimizda 2010 yilgacha yillik tug‘ilish 600 ming atrofida bo‘lgan, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 950 mingga yetdi.

Lekin, shifoxonalarda tug‘ruq o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq amaliy ishlar ko‘zga tashlanmayapti. Ya’ni, tug‘ruq o‘rinlari soni hali hanuz 11 mingta bo‘lib qolmoqda.

O‘zA