French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillarga almashtirildi (+video)
20:01 / 2025-08-04

O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini rivojlantirish va mustahkamlash borasida izchil ishlar davom ettirilmoqda. Jumladan, Prezidentning 2020–2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyasida belgilangan vazifalar asosida, atamalarni tartibga solish yo‘nalishida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.

Mazkur konsepsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining 62-sonli majlis bayoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, amaliyotda keng qo‘llanib kelinayotgan 40 ta xorijiy atama o‘zbek tilidagi muqobillarga almashtirildi.  

Endilikda ommaviy axborot vositalari, davlat idoralari, ta’lim, fan va boshqa sohalarda aynan shu o‘zbekcha muqobillarni qo‘llash tavsiya etilmoqda. Bu esa nafaqat tilni boyitadi, balki rasmiy muomalada aniqlik va izchillikni ta’minlaydi.  

Ayni mavzuda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti mutaxassislari bilan olib borilgan suhbatda yangi atamalarni tanlash mezonlari, ularning lingvistik asoslari va kelajakdagi ahamiyati xususida so‘z yuritildi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vvTPfCdOP9Q" title="40 ta xorijiy atama o‘zbekcha muqobillarga almashtirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M. Eshmirzayeva, D. Yakubov, U. To‘xtayev, O‘zA