Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
40 million soʻmlikdan ortiq koronavirus blokatorlarining noqonuniy aylanmasi toʻxtatildi
19:58 / 2020-08-30

Sirdaryo viloyatida ham bojxona organlari tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida sifati kafolatlanmagan tibbiyot vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.


Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor maʼlumotlar asosida Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 40 million 192 ming soʻmlik koronavirusga qarshi blokatorlarning noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi.

Sirdaryo viloyatida ham bojxona organlari tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida sifati kafolatlanmagan tibbiyot vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda koronavirus blokatorlarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida Guliston shahri hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir davomida Guliston shahri avtoshoh bekatida 3 dona qogʻoz korobka bilan koʻzlari bejo, nimadandir xavotirda turgan fuqaro Naxalboy Asanboyev (maqoladagi personajlarning ismi-sharifi oʻzgartirildi) huquq-tartibot idoralari xodimlarida shubha uygʻotib, unga tegishli boʻlgan qutilar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. 

Qogʻoz qutilar ichidan tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan, 944 dona “VIRUS SHUT OUT” va 78 dona “E.A Mask” nomli, jami 1 ming 22 dona taxminiy qiymati 40 million 192 ming soʻmlik boʻlgan koronavirusga qarshi blokatorlar borligi aniqlandi va ushbu noqonuniy mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.