Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4 ta AGTKSH tomonidan 7,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan
12:01 / 2023-04-02

Joriy yilning 13-29 mart kunlari “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Unda tadbirkorlik sub’ektlariga qarashli 4 ta Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.  

Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 7,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Jumladan:  

➖ Yunusobod tumanida joylashgan AGTKSH tomonidan 2,372 milliard so‘mlik;  

➖ Sergeli tumanida joylashgan AGTKSHda 1,728 milliard so‘mlik;  

➖ Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan AGTKSHda 1,607 milliard so‘mlik;  

➖ Uchtepa tumanida joylashgan AGTKSHda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,392 milliard so‘mni tashkil etgan.  

Ayni paytda ushbu noqonuniy holatlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan huquqiy baho berilmoqda.  

O‘zA