Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4-sinf o‘quvchisi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi
11:30 / 2023-12-13

Sevara Tursunova Buxoro shahridagi 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfida tahsil oladi. Barcha fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirish bilan bir qatorda, darsdan so‘ng ingliz va koreys tillarini chuqur o‘zlashtirishga kirishgan bu tirishqoq qizaloq 10 yoshida koreys tilini bilish darajasini belgilovchi "TOPIK 1" sertifikatini qo‘lga kiritdi. Ayni paytda u ingliz tilini bilish darajasini baholovchi IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘ryapti.

Sevaraning til o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi oilada akasi Alisher va opasi Sofiya tufayli uyg‘ongan.  

–9-sinfda o‘qiyotgan opam ham xalqaro sertifikatga ega, – deydi Sevara. – Opam yaqinda Koreyada ta’lim sayohatida bo‘lib qaytdi. Akam esa bugungi kunda Koreyadagi nufuzli oliy o‘quv yurtida tahsil olmoqda. Men ham kelajakda akam singari dasturchi bo‘lishni maqsad qilganman.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/aRxAkR9xrMY" title="4-sinf oʻquvchisi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA