Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4-sektor rahbari olis qishloqda sayyor qabul o‘tkazdi
18:39 / 2023-05-01

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Bekzod Toshpo‘latov Zafarobod tumanidagi eng chekka “Chimqo‘rg‘on” qishloq fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabullar fuqarolarning ko‘pdan buyon yechimini topa olmayotgan muammolarini hal etishda asosiy vosita bo‘lib, ishni mahallabay tizimida tashkil etgan sektor rahbarlari hududlarga borgan holatda aholi muammolarini tinglab, unga yechim topish maqsadida tashkil etayotgani ayni muddao bo‘lmoqda.

Tumanning eng chekka hududida tashkil etilgan ushbu qabulda ko‘tarilgan 45 dan ortiq fuqarolarning turli ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy va shaxsiy masalalar bo‘yicha murojaatlari birma-bir tinglanib, qayd etib borildi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan aksariyat murojaatlar ichimlik suv, elektr energiyasi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, hududdagi ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari – qishloq oilaviy poliklinikasi hamda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash, dorixona va tadbirkorlik faoliyati uchun kredit mablag‘lari rasmiylashtirishda ko‘maklashish, bandlik kabi masalalardan iborat bo‘ldi.

Sektor rahbari, masala ko‘targan fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashib, murojaatlarning bir qismi joyida bartaraf etilgan bo‘lsa, mahallada “sohabay”, “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan tuman sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar mas’ullariga tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur sayyor qabul davomida o‘z yechimini topmagan murojaatlarni bartaraf etish uchun aniq muddat belgilanib, ijrosi viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbarining shaxsan nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida hududning faol yoshlariga badiiy adabiyotlar jamlamasi va sport inventarlari topshirildi. 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizga o‘zini o‘zi band qilishi uchun elektr pech berildi.

A.QAYUMOV,  

J.YORBEKOV (surat), O‘zA