Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4 oyda natija: 4 yoshgacha yurolmayotgan bola oyoqqa turdi
13:14 / 2019-08-24

Bugun maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining “Avgust kengashi” anjumani boʻlib oʻtmoqda.


Bugun maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining “Avgust kengashi” anjumani boʻlib oʻtmoqda. Unda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashdagi natija va muammolarga ham toʻxtalib oʻtildi. Qayd etilishicha, 1-6 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida maxsus taʼlimga muhtojlar koʻrsatkichi umumiy bolalar sonining 1.1 foizini tashkil etadi.

– Bugungi kunda 178 ta maxsus bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari bor, – deydi vazirlik boʻlim boshligʻi Umida Muhitdinova. – Misol uchun, Qoraqalpogʻistondagi “Imkon” ixtisoslashgan bolalar maktabgacha taʼlim muassasasida respublikada analogi yoʻq, reabilitatsion markaz bor. Bu yerda turli nuqsonli bolalar tarbiyalanmoqda. Bugun natijalar yaqqol koʻzga tashlanyapti. Masalan, eshitish tizimida nuqsoni bor bolalar uchun moʻljallangan audio texnologiyalar yordamida bir necha bolada nutqni rivojlantirishga erishdik. Tayanch harakat tizimidagi nuqson sababli 4 yoshgacha yura olmagan bolakay aprel oyida qoʻshimcha moslamalar bilan yura boshlagan boʻlsa, bugun u mustaqil oyoqqa turmoqda. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin.

Anjuman davomida bu taqdimot qarsaklar bilan qarshi olindi. Chunki, videolavhada bu natija yaqqol namoyon boʻlib turgandi. Kelgusida bu kabi eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan reabilitatsion xonalar sonini oshirish rejalashtirilgan.