French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4 ming 800 nafar yosh ilk bor ovoz beradi
16:55 / 2024-10-26

Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev ishtirokida navbatdagi brifing o‘tkazildi. Unda hudud bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida axborot berildi.

Mazkur saylovning mamlakat hayotidagi alohida o‘rnini e’tiborga olib, “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida tashkil etildi. Hududiy saylov komissiyasi tomonidan joylardagi 1 ming 6 ta saylov uchastkasida barcha qulayliklar mavjud. Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining umumiy soni – 1 ming 637 nafar. A’zolarning 61 foizi ayollardir. Imkoniyati cheklangan shaxslar esa 45 nafarni tashkil etadi.  

Saylov kuni jarayonlarni onlayn tarzda video-translyatsiya qilish maqsadida tegishli texnik talablarga muvofiq bo‘lgan saylov uchastkalarida videokameralar o‘rnatildi. Bu Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazidagi ekranlarida, rasmiy veb-saytida va boshqa telekanallarda ovoz berishni kuzatish imkonini beradi. Saylov kampaniyasida ishtirok etishiga ijozat berilgan beshta siyosiy partiya tomonidan Toshkent viloyati, tuman (shahar) Kengashlar deputatligiga ko‘rsatilgan jami 2 ming 950 nafar nomzod ro‘yxatga olingan.  

Deputatlikka nomzodlar orasida mamlakatimizda yashayotgan aksariyat millat va elatlarning vakillari ham bor. Masalan, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputatligiga nomzodlarning 91 nafari tojik, 171 nafari qozoq, 4 nafari turkman, 11  nafari qirg‘iz, 59 nafari rus va boshqa millatlarni tashkil etadi.

– Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga ko‘ra, jami ovoz beruvchilarning umumiy soni 1 million 853 ming 879 nafarni tashkil etmoqda, – deydi Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev. – Ulardan 4 ming 800 nafari ilk bor saylovda ishtirok etayotgan yoshlardir. Muddatidan oldin ovoz berish joriy yilning 16 – 23 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Viloyatimiz hududidagi saylov uchastkalarida 91 ming 932 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalandi.

Brifingda saylov jarayonlariga oid ko‘plab axborotlar ham berildi.  

A.Musayev, O‘zA.