Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4 ming 228 ta uyning fasadidan noqonuniy eshiklar ochilgan
16:27 / 2021-02-15

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan 12 ming 291 ta uy-joy fondining texnik xavfsizlik holati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 3 ming 35 ta ko‘chmas mulk egalari uyga tutash hududlarda noqonuniy qurilmalar qurgani va ko‘p kvartirali uylardagi 3 ming 68 ta balkon o‘zboshimchalik bilan o‘rab olingani aniqlandi. Shuningdek, joylarda 4 ming 228 ta uyning fasadlaridan noqonuniy eshiklar ochilgan. 1 ming 395 ta uyda xonadonning ichki qismi ruxsatsiz o‘zgartirilgan. Ko‘p qavatli uylar atrofida 330 ta umumiy foydalanishda bo‘lgan hudud to‘sib olinib, 19 ming 742 kvadrat metr uyga tutash yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

Mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha berilgan majburiy ko‘rsatmalarga asosan 4 ming 650 ta muammo joyida bartaraf etilgan. Qolganlarini sud tartibida bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan 627 nafar aybdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llashga oid sudlarga kiritilgan materiallar bo‘yicha aybdorlarga 124,5 million so‘m jarima qo‘llanilgan.