Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4 milliondan ortiq adabiyotlar raqamlashtiriladi
08:30 / 2022-05-31

Belgilab qo‘yilgan qonunchilikka ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar davlat oliy ta’lim muassasalari kutubxona fondidagi o‘quv adabiyotlarining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishi hamda vazirlik huzurida yagona “Elektron kutubxona” platformasining ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Poytaxtda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahimjon Hakimov boshchiligida soha mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “Elektron kutubxona” platformasi loyihasi ekspertlar ishtirokida keng muhokama etildi.

Qayd etilishicha, mazkur platformani joriy etish orqali respublikamizda barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va aholiga zamonaviy hamda sifatli kutubxona xizmatini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Aytish joizki, ushbu platforma foydalanuvchisi istalgan hududdan turib barcha oliygohlar ilmiy, badiiy adabiyotlaridan birdek foydalana oladi. Bu esa ilm olish istagida bo‘lganlarning vaqt, makon chegarasini buzib, o‘z ustida ishlash, mustaqil ta’lim olish uchun qulaylik yaratadi. Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarining umumiy fondi 4 milliondan ortiq adabiyotni tashkil etadi.

Loyihaga ko‘ra, dastlab ushbu platformani 10 ta oliy ta’lim muassasasida test-rejimida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, sinov yakunlari asosida barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etish belgilangan.

O‘zA