Universitetda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Buxoro davlat universitetida fuqaro muhofazasi tuzilmasi shaxsiy tarkibi bilan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyatini o‘qitish markazi o‘qituvchisi M.Ropiyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar mavzusida ma’ruza qilib, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlar mazmun va mohiyatini ochib berdi.

– Fuqaro muhofazasi tuzilmasi guruhlari va drujinalari shaxsiy tarkibini tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari dasturlari ishlab chiqilgan, – deydi universitet fuqaro va mehnat muhofazasi sektori fuqaro muhofazasi muhandisi F.Boltayev. – Bundan tashqari fuqaro muhofazasi tuzilmasi razvedka, aloqa, 2 ta sanitar drujinasi, qutqaruv, yong‘in o‘chirish va jamoat tartibini saqlash guruhlari shaxsiy tarkibini chaqirish tizimi ishlab chiqildi. Shu bilan birga fuqaro muhofazasi tuzilma a’zolarini bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda Fuqaro muhofazasi yo‘nalishdagi yangiliklarni yetkazish maqsadida universitet fuqaro muhofazasi telegramma sayti tashkil qilinib, 140 nafar tuzilma a’zolari jalb qilindi.

Universitet fuqaro muhofazasi tuzilmasi shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar hamda yong‘inlarning oldini olish, bartaraf etish va ularda to‘g‘ri harakat qilish mavzulari bo‘yicha ma’ruza va videorolik namoyish qilindi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri