Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4 kunlik chaqaloq 8 millionga baholandi
16:06 / 2021-08-13

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida chaqaloq savdosining oldi olindi.

Voqea aslida qanday sodir bo‘lgan edi?

Laziza turmush o‘rtog‘i Akmal bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik tufayli uydan chiqib ketgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach Laziza homilador bo‘ladi. U bu xabarni onasiga aytadi. Onasi Mubina opa qiziga uyga qaytishini aytganida Laziza onasiga uyda kelin borligi u bilan chiqisha olmasligini aytadi.

Lazizaning oy-kunida ko‘zi yoriydi. Kasalxonadan qo‘ng‘iroq bo‘lganida Mubina opa zudlik bilan shifoxonaga boradi. Shifoxonada Mubina Go‘zal ismli ayol bilan tanishib hasratlashadi. Suhbat davomida qizi Laziza eri bilan urishib uyidan chiqib ketgani va begona kishidan homilador bo‘lganini aytadi. Endi nevarasi va qizini qishloqqa qanday olib borishini o‘ylayotgani, bunday hol sharmandali ekanligi haqida aytib “dardlashadi”. Suhbat chog‘ida Mubina Go‘zalga o‘z raqamini beradi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Go‘zal Mubinaga qo‘ng‘iroq qilib bir jiyani anchadan beri farzand ko‘rmayotgani o‘z nevarasini unga berish yoki bermaslik haqida so‘raydi. Bu fikr Mubinaga ham ma’qul bo‘ladi. Dilnozaga qizining fuqarolik pasporti va nikoh xatini berib tug‘ilgan chaqaloq uchun guvohnoma tayyorlashni, shuningdek, Mubina opa o‘ziga 4 million, qiziga 4 million so‘m berishlarini aytadi. Bu voqea haqida Mubina qizi Lazizaga aytganida u avval rozi bo‘lmaydi. Ammo qilgan ishi sabab qishloqqa qayta olmasligini bilgach, bolasini sotishga rozi bo‘ladi.

Mubina chaqaloqni sotib olmoqchi bo‘lgan ayol Dilnoza bilan kasalxonada uchrashadi. Shu kuni Mubina singlisi Mohira va jiyani Shohrux bilan birga kasalxonaga boradi. Mohira va jiyaniga chaqaloqni bir farzandsiz oilaga beryapmiz deb aytadi. Dilnoza guvohnomani tayyorlab olib kelgunga qadar Dilnoza bilan birga kelgan ayoldan Mubina 8 million so‘m pullarni oladi. Ular pulni olib yo‘lga chiqqanda IIB xodimlari tomonidan to‘xtatiladi.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida guvohlar ishtirokida Mubina va qizi Lazizaning yonidan 4 milliondan 8 million so‘m pullar xolislar guvohligida olinib hujjatlashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir qilgan fuqarolar A.M. qizi S.L.ga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosi shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

 

Zarif Komilov, O‘zA