4 kun davomida yomg‘ir yog‘ib, sel-suv toshqini yuz beradi (+video)
O‘zgidrometeorologiya xizmati markazi ob-havo bilan bog‘liq shoshilinch xabar tarqatdi. Unga ko‘ra, bugun 12 may va haftaning 13-16-17 sanalarida kuchli yog‘ingarchilik yuzaga kelishi kutilmoqda.
O‘zGidromet markazi mamlakatimiz aholisini respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari, shuningdek, ayrim viloyat va tumanlarida yog‘ingarchilik yuz berib, sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ya’ni belgilangan ushbu sanalarda Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona hamda Andijon viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zgidromet markazi tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/SFtpeQbsc40" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
M.Eshmirzeva, D.Yakubov