Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4 energetika ob’ektida yakunlangan qurilish-montaj ishlari talabga javob bermaydi
10:52 / 2025-09-03

Energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish, aholiga barqaror elektr ta’minotini kafolatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu sababli, Navoiy viloyatida elektr tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham qat’iy nazorat ostida olib borilmoqda.

"O‘zenergoinspeksiya" Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Qiziltepa va Konimex tumanlarida 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan hamda yakunlangan qurilish-montaj ishlari ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlarining amaldagi qoida talablariga to‘liq javob bermagani ma’lum bo‘ldi. Xususan, temir-beton tayanchlarda raqamlash ishlari bajarilmagan, 0,4 kV taqsimlash qurilmasi kabellari tartibsiz holda joylashtirilgan, transformatorlarga bir chiziqli sxemalar yakunlanmagan hamda tayanchlardagi gidroizolyatsiya talab darajasida emasligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududiy mas’ullarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi va jarayon qat’iy nazoratga olindi.

Inspeksiya axborot xizmatiga ko‘ra, Navoiy viloyatidagi ushbu holat qurilish-montaj ishlarida sifatga e’tiborni kuchaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Energetika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarali bo‘lishi uchun har bir bosqichda nazoratni ta’minlash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Bu esa aholini barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlashda asosiy omil hisoblanadi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA