Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
4-aprel kuni yurtimiz bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi
11:08 / 2024-04-03

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 4-aprel kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 19-21 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Xavfli qor uyumlari bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

3-8-aprel kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

O‘zA