Joriy yilning 1 iyul sanasida yulduzlararo ob’ekt - “3I/ATLAS” kuzatilgan edi. Keyinroq, olimlar bu boshqa yulduz tizimidagi kometa ekanligini aniqlashdi. Zamonaviy texnik qurilmalar uning yoshini taxminan yetti yarim milliard yildan ortiq deb ko‘rsatmoqda. Bu hozirgacha kuzatilgan eng qadimgi kometa bo‘lishi mumkin.
Yulduzlararo “3I/ATLAS” obekti chiqarayotgan sirli yorug‘lik uning o‘zga sayyoradan ekanligini anglatmoqda, deb yozdi “Daily Mail” nashri.
Garvard universiteti astrofizigi Avi Lebning so‘zlariga ko‘ra, “3I/ATLAS” avtomobil faralarining porlashiga o‘xshab nur chiqaradi. Gap shundaki, ob’ektning yorug‘lik manbasi topilmagan. Olimning aniqlik kiritishicha, ob’ekt uzoqlashganda nurning yorqinligi keskin pasayadi, bu esa quyosh nurini aks ettiruvchi kometalarning odatiy xatti-harakatlariga mos kelmaydi.
Lebning ta’kidlashicha, “3I/ATLAS” millionlab kilometrlarga ko‘rinadigan yorug‘likni yaratishga qodir kuchli quvvat manbasiga ega ob’ekt bo‘lishi mumkin.
“Begona kema” olimlarni nega xavotirga solmoqda?
Ayrim tadqiqotchilar yulduzlararo uchayotgan ushbu ob’ekt Yerga yashirincha yaqinlashayotgan kosmik kema bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Olimlar gazdida haqiqatan ham xavotirga sabab bor, chunki “o‘zga sayyoraliklar” haqidagi gaplar global miqyosdagi jiddiy muammoning alomati bo‘lishi mumkin.
1950 yilda fizik Enriko Fermi hamkasblari bilan suhbatda mashhur bo‘lgan “Hamma qayerda?” degan farazni keltirgandi. Ilmiy g‘oyalarga ko‘ra, koinotda boshqa ilg‘or sivilizatsiyalar bo‘lishi kerak, ammo yerliklar ularning mavjudligini, kemalarni ham, signallarni ham ko‘rmaydi.
Qorong‘u o‘rmon gipotezasi ushbu paradoksga javob beradi: o‘zga sayyoraliklar ataylab yashiringan, ular yo‘q bo‘lib ketishdan qo‘rqishadi yoki ular sezdirmasdan hujum qilishni xohlashadi. Shunday qilib, “3I/ATLAS”, Lebning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini xuddi Yerga yashirincha uchishni rejalashtirayotgandek tutmoqda.
Himoyaga tayyorlanish kerakmi?
– Ob’ekt koinot kemasi ekaniga bir nechta “dalillar” mavjud, - deydi olim.
Birinchidan, “3I/ATLAS” boshqa ma’lum yulduzlararo jismlarga qaraganda tezroq harakat qilmoqda. Yaqin kelajakda hech qanday urinishlar uni ushlay olmaydi.
Ikkinchidan, uning trayektoriyasi Yupiter, Mars va Venera yaqinidan o‘tadi, ularning orbitasiga kuzatuvchi sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish mumkin.
Nihoyat, oktyabr oyining oxirida boshqa tizimdan kelgan “mehmon” Quyoshning narigi tomonidan Yerga yaqinlashadi. Bu “ob’ektning maksimal yorqinligi davrida” uni yerga asoslangan teleskoplar bilan kuzatishni qiyinlashtiradi.
– Bundan tashqari, Quyosh yordamida “3I/ATLAS” to‘xtash harakatini amalga oshirib, noyabr oyining oxiri – dekabr oyining boshlarida Yer hududiga yetib borishi mumkin, - deydi Avi Leb. – Agar gipoteza to‘g‘ri chiqsa, oqibatlar insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkin.
Avi Lebning ba’zi hamkasblari bir tomondan uning jamoatchilik e’tiborini koinotshunoslikka qaratishga urinayotganini ta’kidlasa, ikkinchi tomondan, u o‘zining dadil gipotezalari bilan fanni yanada obro‘sizlantirayotganini ta’kidlashmoqda.
– Darvoqe, u o‘z obro‘sini saqlab qolishga imkon bor. Buning uchun uning bashoratlari to‘g‘ri chiqib, o‘zga sayyoraliklar haqiqatan ham uchib kelishi kerak. Nima bo‘lishi esa noyabr oyida ma’lum bo‘ladi, - demoqda olimlar.
S.Rahimov, O‘zA