Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
372 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan
13:52 / 2025-07-31

Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor H.M novvoyxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, katta miqdordagi zarar keltirgani aniqlandi.

Bu haqda “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Hududgazta’minot”AJning qat’iy topshirig‘iga muvofiq tashkil etilgan tezkor tekshiruvda, novvoyxona xodimlari gaz taqsimlash qurilmasiga yashirin yo‘llar orqali ulanib, 372 million 353 ming so‘mlik gazni talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu holat yuzasidan tezkor ravishda dalolatnoma tuzilib, barcha zarur hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali bu kabi noqonuniy faoliyatga qat’iy qarshi kurashishni davom ettiradi va barcha tumanlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash uchun tadbirlarni kuchaytirmoqda. 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri