Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3700 kilometr piyoda yurgan rohiblar Vashingtonga yetib bordi
13:10 / 2026-02-13

AQSHning to‘qqiz shtati hududi orqali jami 3700 kilometr masofani piyoda bosib o‘tgan buddaviy rohiblar 10-fevral kuni mamlakat poytaxtiga yetib bordi.

“Tinchlik sari qadam” nomli ushbu sayohat ishtirokchilarini minglab odam hurmat va quvonch bilan kutib oldi. Bu haqda “Montsame” axborot agentligi xabar bergan.

Qayd etilishicha, uch oy avval Texas shtatidan yo‘lga chiqqan sayyohlar butun dunyoga tinchlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik g‘oyasini tarqatish maqsadini ko‘zlamoqda. Ular qishning qattiq sovug‘i, qor bo‘roni va uzoq masofaga qaramasdan, hatto ayrim hududlarda yalang oyoq holda yo‘lni davom ettirgan.

Marsh davomida rohiblarga ijtimoiy tarmoq orqali “tinchlik jonivori” nomi bilan dong taratgan qutqaruvchi it ham hamrohlik qilgan. Vashington shahri ma’muriyati piyodalarga maxsus faxriy yorliq topshirdi.

D.Hakimov, O‘zA