Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
365 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirildi
10:05 / 2024-01-31

Bojxona organlari tomonidan "yashirin iqtisodiyot"ga qarshi kurashish, tovar-moddiy boyliklar yurtimiz hududiga noqonuniy kirib kelishining oldini olish borasida keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Arkbuloq” bojxona postida navbatdagi qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi.  

Unga ko‘ra, bojxona postiga xorijdan keltirilgan, hujjatlarga ko‘ra “gaz plitalar uchun ehtiyot qismlari” deya ko‘rsatilgan tovarlar bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi va ekspertiza natijalari shuni tasdiqladiki, “gaz plitalar uchun ehtiyot qismlari” oddiy yig‘ish usulida yig‘ilganida Tovarlarni tasniflashning 2-a qoidasiga ko‘ra, tayyor tovar sifatida tasniflanishi ma’lum bo‘ldi.    

Natijada daslabki hisob-kitoblarga asosan qiymati 2 milliard 190 million so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, tovarlarga nisbatan 365 million so‘m miqdorda qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.  

Holat yuzasidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA