Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
36 ta oilaga oziq-ovqat mahsuloti tarqatildi
17:00 / 2020-08-07

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumanidagi “Kanteks Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidagi OʼzLiDeP fraksiyasi aʼzosi Quandiq Yeshmuratov 36 ta oilaga birlamchi oziq-ovqat mahsulotini bepul tarqatdi.

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad, butun dunyoni tashvishga solayotgan infeksiyadan hamyurtlarimizni asrash, undan hamkorlikda talafotsiz chiqishdir.

Bugungi sinovli kunlarda partiyaning elektorati boʻlgan tadbirkor va fermerlar kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni oʻz homiyligiga olmoqda. Jumladan “Kanteks Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Quandiq Yeshmuratov ham tumandagi pandemiya davrida qiyin ahvolga tushib qolgan ishsiz, boquvchisini yoʻqotgan, ehtiyojmand oilalarga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini bepul tarqatishda faollik koʻrsatib kelmoqda.