Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi
17:48 / 2024-06-20

Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Qayd etilganidek, 36 ta muhandislik oliygohi va ularning filiallari bosqichma-bosqich yiriklashib, jami 20 ta oliygoh qoladi. Har bir hududda kamida 1 tadan texnika universiteti bo‘ladi. 

Rektorlar hamkorlik uchun xorijiy oliygohlarni tanlashda ular faoliyatiga to‘g‘ri kelishini tahlil qilib, shoshma-shosharliksiz qaror qabul qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Har bir oliygoh Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli texnika universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarurligi aytildi. 

O‘zA