O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi va O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida OAV vakillari uchun 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yakuni va 2026 yildagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Ta’kidlanganidek, якунланган yilda yuridik va jismoniy shaxslardan 1800 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. O‘rganishlar натижасида 35,5 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari iste’molchilar va tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.
– Birgina iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida jismoniy va yuridik shaxslardantushgan murojaatlarning 88 foizi ijobiy hal etilib, 2,5 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga undirib berilgan, – deydi hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mamazarif Elmurodov. – “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilganligi bo‘yicha 67 ta holatda “ish” qo‘zg‘atilgan hamda davlat boshqaruv organlari va mahalliy hokimlik organlariga 11 ta holatda taqdimnomalar kiritilgan. Shuningdek, давлат va korporativ buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borildi va 670 dan ortiq savdolar jarayonida 752 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan. Aniqlangan qonun buzilish holatidan 391 tasi bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lumotnomalar taqdim etilgan bo‘lsa, 361 ta holat yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan 45 ta ish qo‘zg‘atilgan. 58 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.
Boshqarma xodimlari tomonidan tovar-xom ashyo birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar realizatsiya qilinishi jarayonlari o‘rganilishi natijasida 100 dan ortiq holatda manipulyatsiya va qonunchilik talablari buzilishi aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan 6 ta sub’ektga nisbatan raqobat qonunchiligi yuzasidan ishlar qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Shuningdek, tabiiy monopoliyalar tomonidan asossiz haq undirish yuzasidan umumiy summasi 33 milliard so‘mdan ortiq 4 ta, ustun mavqeini suiiste’mol holatlari 4 ta, kartel kelishuvlari bo‘yicha 6 ta ва 2 ta holatda insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, tegishli huquqiy choralar ko‘rilgan.
Yil davomida barcha turdagi tashqi reklama ob’ektlarida 3764 marotaba reklama qonunchiligi yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirilib, 2000 dan ortiq holatda kamchiliklar aniqlangan va joyida bartaraf etilgan. Shuningdek, 24 ta korxonaga nisbatan tegishli ta’sir choralari qo‘llanilgan.
[gallery-27506]
Matbuot anjumanida 2026 yilda belgilangan vazifalar yuzasidan ham ma’lumot berildi. Jumladan, hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlarining raqobat muhiti yuzasidan xatlovdan o‘tkazish, viloyatda mavjud ustun mavqeiga ega sub’ektlar reyestriga kiruvchi korxonalar xizmatlarini tahlil qilgan holda ushbu xizmat turlari bo‘yicha raqobatni rivojlantirish choralarini ko‘rish, tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha nazorat xaridlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, bozorlarda mahsulot turlari bo‘yicha ichki bozor to‘yinganligi, mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj hajmi va sotilish narxlarini hudud va tarmoqlar kesimida tahlil qilish, reklamalarni joylashtirish hamda tarqatish bo‘yicha o‘rganish (monitoring) o‘tkazish ham yil davomida olib borilayotgan ishlarning asosini tashkil etadi.
Matbuot anjumani so‘nggida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari