Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
35 nafar kollej o‘quvchisi V1 darajali sertifikatga ega bo‘ldi
18:57 / 2018-04-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasida chet tillarni bilish darajasi haqida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan da’vogarlar aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida chet tillarni bilish darajasi haqida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan da’vogarlar aniqlandi.

Ular orasida ingliz tili bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan A.Madiyarova ham bor. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali qoshidagi 3-akademik litseyning 3-bosqichida tahsil olayotgan Ayjamal joriy o‘quv yilida Toshkent moliya institutiga o‘qishga hujjat topshirish niyatida.

A.Xalknazarova esa nemis tili bo‘yicha 112 ball to‘plab, V1 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi. U ham shu litseyning 3-bosqich o‘quvchisi. Kelajakda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga hujjat topshirmoqchi.

Joriy yil fevral oyida Nukus tumani agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejida 71 nafar da’vogar o‘quvchi chet tilini bilish darajasini aniqlash sertifikatiga ega bo‘lish uchun og‘zaki imtihon topshirgan edi. Shundan 35 nafari V1 darajali sertifikatga ega bo‘ldi. Endi Ayjamal va Ayimgul kabi ular ham oliy o‘quv yurtining bakalavr yo‘nalishida chet tili bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlaridan ozod etilib, belgilangan maksimal ballga ega bo‘ladi.

– Ushbu sertifikat bilan eng maksimal – 75,6 ballni qo‘lga kiritdim. Chunki men topshiradigan yo‘nalishda ingliz tili ikkinchi asosiy fan hisoblanadi, – deydi Ayimgul. – Bunday adolatli mezon yaratilgani biz, yoshlarda bilimga intilishni yanada kuchaytiradi. Hozirgi kunda boshqa fanlardan ham xuddi shunday yuqori natijaga erishish harakatidaman.

Chet tilini bilish darajasi haqida davlat namunasidagi A2, V1, V2 darajali sertifikat olishni istagan da’vogarlarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasidan hujjat topshirganlar Nukus shahrida imtihondan o‘tadigan bo‘ldi.