Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
340 dona vobla baligʻini ovlagan brakonerlar qoʻlga tushdi
19:47 / 2020-01-15

Tadbir davomida Nurota tumani Qizilcha qishlogʻida yashovchi fuqaro A.Izbasarov noqonuniy ravishda 340 dona vobla baligʻini ovlab olib ketayotgan vaqtida toʻxtatildi.


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha 2020-yilning yanvar oyida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilinishi holati yuzasidan tezkor ekologik reyd nazorat tadbiri oʻtkazildi.

Nazorat tadbirida Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi suv obyektlarini muhofaza qilish tezkor guruhi koʻlning Nurota tumani hududida ekologik reyd oʻtkazdi. 

photo5258443097921137697.jpg

Tadbir davomida Nurota tumani Qizilcha qishlogʻida yashovchi fuqaro A.Izbasarov noqonuniy ravishda 340 dona vobla baligʻini ovlab olib ketayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Ushbu holat bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 35-moddasi talablarini buzganligi uchun MJtK 90-moddaning 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda 7582000 soʻm tabiatga yetkazilagan zarar hisoblanib hujjatlar Nurota tumani Maʼmuriy sudiga yuborildi.

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmati