Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
34 yil, 34 kitob va bir ezgu maqsad
17:46 / 2025-08-09

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Guliston davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega navbatdagi tashabbusga start berildi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “34 yillikka 34 ta kitob” aksiyasi doirasida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Kozimjon Qudratov Sayxunobod tumanidagi 30-umumta’lim maktabiga 34 ta badiiy va ilmiy kitobdan iborat to‘plamni sovg‘a qildi.

Tadbirda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etib, kitoblarni minnatdorlik bilan qabul qilishdi. GulDU prorektori Kozimjon Qudratov hamda universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev kitobxonlik madaniyatining yoshlar ma’naviyatidagi o‘rni, uning dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

– Bugun kitoblarni ustozlar bilan birga maktabga olib kelib, sovg‘a qildik. Jamoa juda ham xursand bo‘ldi. Umid qilamizki, bu xayrli tashabbusni ko‘plab yurtdoshlarimiz davom ettiradi. Bundan ham maktab kutubxonalari boyiydi, ham Vatanga munosib sovg‘a tayyorlaymiz. Biz uchun eng katta sovg‘a  yoshlarimiz o‘qishidan, bilim olishidan quvonishdir, – dedi Yorqinjon Hayitboyev.

Ta’kidlash joizki, mazkur aksiya doirasida Guliston davlat universiteti vakillari chekka hududlardagi maktab kutubxonalarini yangi nashrlar bilan boyitish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri