Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
34 ta maktab studiyasi asarlarining ko‘rgazmasi namoyish etildi
14:31 / 2024-01-15

Toshkent Fotosuratlar uyida ijodiy fotostudiya maktabi bitiruvchilarining ijodiy ishlaridan iborat ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazmada fotograf, O‘zbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi fotoseksiyasi a’zosi Rusudan Xubutiya rahbarligida 34 nafar bitiruvchi qatnashdi.  

Ko‘rgazmadan 109 ta ish o‘rin olgan bo‘lib, shundan 89 tasi bitiruvchilarning turli janrlarda olingan fotosuratlari bo‘lib, qolgan suratlar esa 2 ta fotoloyihani aks ettirgan.    

Fotografiya maktabi bitiruvchilari o‘zlarini turli janrlarda, jumladan,  ko‘cha fotosurati, badiiy portret, ijtimoiy fotografiya, landshaft, natyurmort, abstraksiya va reportaj fotografiyasi kabi janrlarda sinab qo‘rganlar.

Aksariyat bitiruvchilar uchun ushbu ko‘rgazma o‘ziga xos premera, debyut bo‘lib, u talabalarga  fotografiyani tushunishni, vizual vositalarni izlashni va kompozitsion yechimlarni  anglashni o‘rgatadi.  

Ko‘rgazmaga taqdim etilgan ishlar ancha yuqori  sifati bilan diqqatni tortadi. Shuningdek, fotorassomlarning ma’lum texnika, janr va mavzularga moyilligi,  o‘z til, uslubini izlayotgani yaqqol sezilib turibdi.

[gallery-15443]

Ko‘rgazmaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, u tomoshabinlarni kelajakda O‘zbekiston fotografiya san’ati rivojiga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan iqtidorli fotograflarning yangi avlodi bilan tanishtirdi.  

Gulnoza Boboyeva, Oybek Pardayev (surat), O‘zA