Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
34 ming 400 kVar quvvatli reaktiv energiya kompensatsiya qiluvchi qurilmalar o‘rnatildi
19:09 / 2023-06-13

Ayni kunlarda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan respublika iste’molchilariga yetkazib berilgan elektr energiyasi sifatini talab darajasiga keltirish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyevning qayd etishicha, bunda elektr energiyasini tarmoqlar bo‘ylab uzatishda texnologik sarflarni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Inspeksiya tomonidan iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish hamda quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarda energiya resurslarini oqilona foydalanish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, ayni vaqtda  5 ming 594 ta berilgan ko‘rsatmalarga asosan tadbirkorlik sub’ektlarining energiya qurilmalarida 34 ming  400 kVar quvvatga ega bo‘lgan reaktiv energiya kompensatsiya qiluvchi uskunalar o‘rnatilishi ta’minlandi. Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchilarni elektr energiyasi uchun to‘lovlarni sezilarli darajada tejalishiga hamda elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashiga sabab bo‘ladi. Shu o‘rinda aytish joizki, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinmasligi natijasida elektr tarmoqlaridan reaktiv quvvat o‘tishi qo‘shimcha texnologik yo‘qotishlar paydo bo‘lishi, kuchlanish va chastotaning pasayishiga olib keladi, – dedi N. Norboboyev.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA