French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
34 million 39 ming 831 so‘m xodim foydasiga undirildi
16:18 / 2024-12-13

Bundan bir necha oy burun Sirdaryo viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi yo‘riqchi-uslubchisi lavozimida 2016 yildan 2024 yilning 29 iyuliga qadar ishlab kelgan X. Sh. hech qanday ogohlantirishsiz ish beruvchi ishdan bo‘shatgani uchun qayta o‘z ish joyiga tiklanishida amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashiga murojaat qilgandi.

–Uning murojaati belgilangan tartibda, tomonlar ishtirokida o‘rganildi, – deydi Kengash mehnat huquq inspektori Sh. Umaraliyev. – Shundan so‘ng ish beruvchiga ishga tiklash to‘g‘risida taqdimnoma ham kiritildi. Ammo ish beruvchi taqdimnoma, unda ko‘rsatilgan talablarni rad etgach, xodim X. Sh.ni ishga tiklash masalasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritdik. 

Ushbu ish yaqinda ko‘rib chiqildi. Ish ish beruvchining emas, xodim foydasiga hal etilib, sudning 2024 yil noyabr oyidagi qaroriga binoan X.Sh. o‘z lavozimiga qayta tiklandi. Progul bo‘lib qolgan kunlar uchun maktab ma’muriyati X. Sh.ga 34 (o‘ttiz to‘rt) million 39 ming 831 so‘m to‘lab berdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri