34 milliard so‘mlik yer uchastkalari sotildi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida 2022-2023 yillarda qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan bo‘sh yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, yil boshidan beri Toshkent viloyati hududida “Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga jami 7 ming 257 ta yer uchastkalari yuzasidan takliflar kiritilgan.
Shundan 858 tasi qishloq xo‘jaligi yerlarida va muhofaza hududida joylashgani hamda bo‘sh yer emasligi aniqlanib rad etilgan bo‘lsa, 1 ming 584 ta yer uchastkalari esa vakolatli idoralar tomonidan rad etilgan. Ayni paytda 2 ming 244 ta yer uchastkalari onlayn savdolarga chiqarilgan. Joriy yilning birinchi yarim yillik davri mobaynida jami 404 ta yer uchastkalari 34 milliard 327 million so‘mga sotilgan. Quyidagi tumanlarda bo‘sh yer uchastkalari soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan: Quyi Chirchiq tumanida – 279 ta, Bo‘ka tumanida – 288 ta, Piskent tumanida – 446 ta.
A.Musayev, O‘zA.