Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
33 milliard so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
17:40 / 2024-07-15

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2024 yilning ikkinchi choragi davomida fuqarolardan jami 6 ming 454 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 5 ming 696 tasi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 32 milliard 973 million 857 ming 207 so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan iste’molchilardan tushgan 16 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 4 milliard 779 million 425 ming 587 so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.  

Bundan tashqari, fuqarolardan tushgan jami 17 ta murojaat yuzasidan nazorat organlariga tegishli murojaatlar yo‘llanib, ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga 20 million 700 ming so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.  

Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi savdo, kommunal xizmat, gaz ta’minoti, elektr, xizmat ko‘rsatish (servis), suv ta’minoti, transport, aloqa (va internet) hamda sog‘liqni saqlash sohalarga to‘g‘ri keladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA