Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
327 million 150 ming so‘mlik pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi
11:46 / 2023-11-28

Yangi yil bayrami yaqinlashmoqda. Bayram yaqinlashgani sari pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi avj oladi. Ko‘chalarda eshitilishi boshlangan paqildoqlar tovushi esa kishi ko‘nglini xira qiladi.

Toshkentda bojxona va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘ydi. Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Bektemir tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.  

Tadbir davomida tezkor kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilishi natijasida uning yukxonasida “turp” mahsulotlari orasiga yashirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari mavjud bo‘lmagan, umumiy qiymati 327 million 150 ming so‘mlik 2 turdagi 459 ming 279 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.  

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA