French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
32 nafar yuridik va jismoniy shaxsning kadastrga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi
15:11 / 2023-09-22

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Xorazm viloyati Hazorasp tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev boshchiligida fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qabulda Hazorasp tuman hokimi Zafar Abdrimov va Kadastrning Xorazm viloyati boshqarma boshliqlari ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul avvalida Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar va kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Aholini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan ayni muammolar to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berdi.

Qabulga kelgan 32 nafar yuridik va jismoniy shaxsning murojaatlari tinglandi. Shundan, 3 tasi joyida ijobiy yechim topdi, 11 tasiga hal etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va huquqiy tushunchalar berildi. Vaqt talab etadigan 18 ta murojaatni ko‘rib chiqib hal etish yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar yuklandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA