Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
32 kilogramm giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
11:29 / 2024-01-08

Samarqand viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan Jomboy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Eski Jomboy mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.A.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik xonalarida tintuv o‘tkazilganda og‘irligi 31 kilogramm 855 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi, 2 gramm opiy giyohvandlik moddasi va 2 dona psixotrop tabletka topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

DXX viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi 1991 yilga tug‘ilgan R.A. hamda 1992 yilda tug‘ilgan B.M. 198 dona “Zardeks” psixotrop dori vositasini mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

G‘.Hasanov,  

O‘zA muxbiri