Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
313 million 334 ming soʻmlik kredit qarzdorligi undirildi
17:37 / 2020-08-11

Ular bankdan olgan qarzlarini oʻzaro shartnomada belgilangan muddatda qaytarib, bank ishonchini oqlagan holda navbatdagi loyihalarga yoʻl ochib boraveradi.


Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kredit mablagʻlaridan oqilona foydalanib, oʻz biznesini rivojlantirish barobarida bank manfaatlari, muhimi el-yurt farovonligiga katta hissa qoʻshayotgan tadbirkorlar koʻp.

Ular bankdan olgan qarzlarini oʻzaro shartnomada belgilangan muddatda qaytarib, bank ishonchini oqlagan holda navbatdagi loyihalarga yoʻl ochib boraveradi.

Biroq, ayrim bank mijozlari bu masʼuliyatni unutgan holda kreditni qaytarish muddatlarini oʻtkazib yuborayotgani, soddaroq aytganda qarzni qaytarmayotgani tufayli muammoni huquqiy tartibda koʻrib chiqilishiga toʻgʻri kelmoqda.

Majburiy ijro byurosi Namangan shahar boʻlimi tomonidan Uchqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining shu yil 23-yanvardagi ijro varaqasiga asosan bank va mijoz oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatga ham shu tariqa chora koʻrildi.

“Alfa Sirius Trade” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻz faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Qishloqqurilishbank” ATB Namangan mintaqaviy filialidan olgan 313 million 334 ming soʻm kreditni vaqtida qaytara olmadi. Oʻtgan davr mobaynida qarzdorlikni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan tegishli choralardan natija chiqmadi va sud tartibida koʻrilib, qarz undiruvini garovdagi mulkka qaratish toʻgʻrisidagi ijro hujjati chiqarildi.

MIB Namangan viloyati boshqarmasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, mazkur ijro hujjatiga asosan davlat ijrochisi tomonidan korxona tasarrufidagi koʻp qavatli uy xatlandi va joriy yilning 7-avgust kuni 313 million 334 ming soʻm kredit qarzdorligi toʻliq undirilib, mablagʻ “Qishloqqurilishbank” ATB Namangan mintaqaviy filiali hisob raqamiga oʻtkazib berildi.